Структура Комитета
  1. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi  (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb yuritiladi) «Ishonch telefoni» orqali tushgan murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va ijro etish to‘g‘risidagi Reglament O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxlarlarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan kafolatlangan huquqlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratish, shuningdek, oliy malakali ilmiy va ilmiy–pedagog kadrlar davlat attestatsiyasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilmaslik holatlari oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan.
  1. Ushbu Reglament Agentlikning «Ishonch telefoni» orqali tushgan murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va ijro etish tartibini belgilaydi.
  1. Agentlik «Ishonch telefoni» orqali tushgan murojaatlar O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarlarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuni talablari asosida ko‘rib chiqiladi.
  1. Jismoniy shaxslarning murojaatlarini qabul qilishda ularning familiyasi ismi sharifi (pasport ma’lumotlari), yashash joyi va telefon raqamlari ko‘rsatilgan holda ariza-shikoyatining mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak.
  1. Agarda fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va telefon raqamlari ko‘rsatilmagan yoki sohta ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, bunday murojaat anonim deb topiladi va ko‘rib chiqilmaydi.
  1. Agentlikda murojaatlarni ko‘rib chiqishda jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti, yuridik shaxslarning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ularning roziligisiz, shuningdek davlat sirini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar va, agar bu jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini kamsitadigan bo‘lsa, boshqa axborot davlat organlari xodimlari tomonidan oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.